"Chelsi" Mendi va Kulibali uchun arablardan 40 million evroga yaqin pul oladi

Aziz Tukhtamuradov
22 iyun 2023
"Chelsi" Eduar Mendi va Kalidu Kulibali uchun 40 million evro atrofida pul ishlaydi.

Avvalroq Mendi Saudiyaning "Al Ahli" klubiga o'tishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek Kalidu Kulibali "Al Hilol" safiga borib qo'shilishi bo'yicha kelishuvga erishilgan. 

Ayni paytda ularning transferi bo'yicha hujjatlar tayyorlanmoqda. 

Har ikki futbolchining sotuvidan "Chelsi" umumiy hisobda 40 million evroga yaqin pul ishlashi kutilmoqda. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Fabrizio Romano