"Chelsi" Mak Allister 35-40 mln funt turadi deb hisoblamoqda. "Brayton" esa xavbekni 60 million evroga baholamoqda

Alisher Ostonov
2 yanv 2023
"Chelsi" "Brayton" yarim himoyachisi Aleksis Mak Allisterga qiziqish bildirmoqda.

Agar 24 yoshli xavbekni faoliyatini davom ettirish uchun ehtimoliy variant qoniqtirsa, "Brayton"dan ketishni ko'rib chiqadi.

"Chelsi" Mak Allisterni 35-40 mln funtga baholamoqda. "Brayton" esa o'yinchi uchun 60 mln funt atrofida so'raydi.

Markaziy yarim himoyachi joriy mavsum APL doirasidagi 14ta o'yinda 5ta gol urishga erishdi. U JCH-2022da Argentina terma jamoasi safida 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: theathletic.com