"Chelsi" Leroy Saneni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
7 sen 2021
"Bavariya" futbolchisi Leroy Sane APLga qaytishi mumkin.

Bundesliga 2-turi doirasida "Kyoln"ga qarshi kechgan bahs oldidan muxlislar Sanega nisbatan hushtakbozlik qilishdi. 

Leroy ayni paytda klubdagi holatidan norozi va qishda jamoasini o'zgartirmoqchi. 

Unga "Chelsi" tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Bu borada "aristokratlar"ga "Arsenal" va "Tottenxem" tomonidan raqobat ko'rsatilishi mumkin. Biroq, ushbu transfyerda YCHLning amaldagi g'olibining imkoniyatlari kattaroq baholanmoqda.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: talksport.com