"Chelsi" Lempard boshchiligida 10ta o'yinda qanday natijalar qayd etdi? London klubi muxlislari bu xabarga ehtiyot bo'lib kiring

Narzulla Saydullayev
26 may 2023
"Chelsi" Frenk Lempard bosh murabbiy bo'lganidan keyin 8-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

London klubi kecha "Manchester Yunayted"ga yutqazdi (1:4).

Lempard bosh murabbiy sifatida "Chelsi"da 10ta o'yin o'tkazdi. 44 yoshli murabbiy qo'l ostida "Chelsi" 1ta g'alaba, 1ta durang va 8ta mag'lubiyat qayd etdi. Bu o'yinlardagi to'plar nisbatai – 8:20.

"Aristokratlar" APL so'nggi turini 28 may kuni "Nyukasl"ga qarshi o'z maydonida o'tkazishadi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/Squawka