"Chelsi" "Kristal Pelas"ga rad etib bo'lmas taklif jo'natmoqchi

Mirjalol Normatov
5 avg 2018
"Chelsi" o'z hamshahari "Kristal Pelas" bilan vinger Uilfrid Zaxa borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqda.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "aristokratlar" 25 yoshli futbolchini transfer qilish uchun "Pelas" rahbariyatiga rad etib bo'lmas taklif jo'natmoqchi. Unda vinger uchun 84 mln evro taklif qilinadi.

Oldinroq Zaxaning xizmatlariga "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports