“Chelsi” Kontening o'rniga murabbiy izlashni boshlab yubordi

12 yanv 2018, 07:05
Londonliklar jamoani tark etishi kutilayotgan Antonio Kontening o'rniga nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.

Daily Mail nashriga ko'ra, “Chelsi” rahbariyati bosh murabbiy roliga munosib nomzod sifatida Massimiliano Allegri va Luis Enrikeni ko'rmoqda.

Bundan tashqari, “Napoli” bosh murabbiyi Mauricio Sarri va “Atletiko” murabbiyi Diego Simeone ham nomzodlar qatorida. Ammo Simeonening madridliklar safini tark etishi qiyin bo'ladi, deb hisoblamoqda London klubi rahbariyati.

“Chelsi”ni tark etishi kutilayotgan Antonio Konte esa, yozda “PSJ” yoki “Real Madrid” klubidan biriga bosh murabbiyi bo'lishi mumkinligi xabar qilingan.



Manba: Daily Mail