"Chelsi" "Inter"ga Barella borasida qiziqarli taklif bilan chiqdi

Mirjalol Normatov
18 iyun 2023
"Chelsi"dagilar hujumchi Romelu Lukakuning "Inter"da qolishiga qarshi emas.

"Goal" xabariga ko'ra, londonliklar shu orqali "Inter"dan Nikolo Barellani tarkibga qo'shib olishga harakat qilib ko'radi. "Neradzurri" futbolchisi uchun 80 mln evro talab qilmoqda. Ular Nikoloni tarkibdagi asosiy ijrochi deb hisoblashadi.

Moliyaviy holat sababli "Inter" yozda bir qancha futbolchilarini sotib yuborishga harakat qilib ko'radi. Shu bilan birga YCHL finalchilari tarkibda Romeluning qolishi uchun ishlarni olib boradi. Biroq Romelu ayni damda "Chelsi"ga kerak emas va uning "Inter"ga to'liqligicha qaytishi evaziga Nikolo Barellani Londonga olib kelmoqchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal