"Chelsi" hujumchisi boshqa klubga ijara asosida o'tayotganini tasdiqladi

Alisher
9 sen 2020
Forvard Mishi Batshuayi "Chelsi" uni "Kristal Pelas" klubiga ijaraga berayotganini tasdiqladi.

26 yoshli hujumchi bundan oldin ham, aniqrog'i 2018/19 yilgi mavsumda ham ushbu jamoa safida to'p tepgan.

Belgiyalik futbolchi o'tgan mavsum "Chelsi" safida Angliya Premer-ligasida doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, forvard "Chelsi"ga 2016 yilda "Marsel"dan o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/GFFN