"Chelsi" Gallaxerni sotib, "Leyptsig" futbolchisini xarid qilishi mumkin

Sherzod Nurmatov
27 mar 2024
"Ko'klar" yozgi transferlarni rejalashtirishni boshlab yuborishgan.

Londonning "Chelsi" klubi yozgi transfer oynasida yarim himoyachisi Konor Gallaxerni pullashi mumkin.

"Football Transfers" xabariga ko'ra, "aristokratlar" allaqachon Konorga o'rinbosar qidirishni boshlagan. Bu "Leyptsig" futbolchisi Dani Olmo (suratda) bo'ladi. Angliyaliklar nemis klubi bilan ehtimoliy transfer borasida muzokaralar o'tkazmoqda.



Transfermarkt hozirda yarim himoyachining narxini 50 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Transfers