"Chelsi" futbolchisi "Milan" va yana ikki klub qiziqishlari doirasida

Mirjalol Normatov
28 iyun 2023
Kallum Xadson-Odoi "Chelsi"ni tark etishi mumkin.

"The Guardian" xabariga ko'ra, "Chelsi" hozirgi siyosati bilan ushbu futbolchidan osongina voz kechishi mumkin. Oldinroq uning xizmatlariga Saudiya Arabistonidan qiziqishlar bo'layotgandi. Biroq u kuchli beshlik chempionatlarida qolishni maqul ko'rmoqda. Hozirda "Milan", "Fulxem" hamda "Nottingem Forest" ushbu vaziyatni kuzatib bormoqda.

Xadson-Odoi o'tgan mavsumni "Bayer"da ijarada o'tkazdi va Bunedsliganing 14 o'yinida 1 golli pas amalga oshirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian