"Chelsi" futbolchisi ertaga "Spartak" bilan shartnoma imzolaydi

Mirjalol Normatov
14 okt 2020
"Chelsi" vingeri Viktor Mozesning "Spartak"ka transferi ishlari yakunlanish arafasida.

Mozes yaqindagina Rimda "Spartak" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi va ertaga yoki 16 oktyabr kunida Moskvaga uchib kelishi kutilmoqda. U sotib olish huquqi bilan moskvaliklar  tarkibida ijarada o'ynaydi.

Oldinroq 29 yoshli futbolchining transfer narxi 10 mln evroni tashkil qilayotganligi aytilgandi. Ushbu mavsumda Mozes "Chelsi" tarkibida birorta o'yinda qatnashmadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal