"Chelsi" futbolchisi A Seriyaga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
10 iyun 2018
"Chelsi"ning qanot himoyachisi Davide Zappakosta A Seriyaga qaytishi mumkin.

“Tuttosport” xabariga ko'ra, futbolchiga "Inter" davogarlik qilmoqda. Davide "Chelsi" tarkibida APLda endi bir mavsumni o'tkazdi. Italiyalik futbolchi jamoasining Angliya kubogini qo'lga kiritishida katta yordam berdi. "Inter" yozda futbolchini sotib yoki ijaraga olishni o'ylamoqda.

Zappakosta "Torino" va "Atalanta" kabi jamoalarda ham harakat qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport