"Chelsi" faqat individual o'yinchilarni, driblingchilarni sotib oldi. Jamoa uchun birorta futbolchi kelmadi"

Omonjon To`xtamirzayev
20 fev 2023
Pol Merson "Chelsi"dagi inqiroz haqida gapirdi.

"Bu yakunlanadi deb o'ylamayman. Qo'rqamanki, ular bir guruh driblingchi, individual o'yinchilarni sotib oldi va jamoa uchun hech kimni olib kelmadi. 

Enco Fernandesni ro'yxatdan chiqaring, u top o'yinchi va yarim himoyani bir o'zi ushlab turibdi, ammo qolganlar... Maunt "Sautgempton" bilan o'ynadi va uni "eb" qo'yishdi. Sportchilar shunchaki driblingga bordi, lekin jamoaviy o'yindan asar ham yo'q edi. Faqatgina Kay Xavertc maydonga tushib, Feliks va Sterling bilan birga hujum tashkillashtirishga uringanida, nimadir ko'rgandek bo'ldim.

Biroq bu osonlikcha to'xtamaydi. O'ylashimcha, Grem Potterni juda-juda jiddiy suhbat kutib turibdi. "Chelsi" muxlislari jaxl otiga mingan va "Sautgempton"da yangi bosh murabbiy va bu ularga yordam berdi" singari biror bahona o'tmaydi.

Agar siz uyda "Sautgempton"ni mag'lub eta olmasangiz, hech bo'lmasa ularning kiperi o'yinning "eng yaxshi futbolchisi" bo'lishi kerak. Biroq amalda bunday bo'lmadi", – dedi "Arsenal" sobiq hujumchisi Sky Sports"ga.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal