

"La Repubblica" xabariga ko'ra, London klubi 26 yoshli himoyachi uchun 31 million funt (taxminan 35 million evro) taklif qilgan, biroq rad javobini olgan. "Inter" Dyumfris uchun kamida 48 million funt (taxminan 55 million evro) talab qilmoqda, ammo futbolchini ushbu transfer oynasida saqlab qolishni afzal ko'radi.
Qayd etilishicha, Grem Potter Ris Jeymsdagi ko'p sonli jarohatlar tufayli "Chelsi" himoyasining o'ng qanotini kuchaytirmoqchi.
Dyumfris joriy mavsum "Inter" safida barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. U jamoaning so'nggi 2 ta o'yinini zaxirada o'tkazdi.



