

Fransiyalik futbolchi o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatli o'yinlaridan so'ng Yevropa grandlari orasida talash bo'ldi, ammo bu jarayon uzoqqa cho'zilmadi, chunki 24 yoshli forvard "Leyptsig" bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi.

Nufuzli insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, Nkunku transferi kelasi yozda amalga oshishi ehtimoli yuqori: "Chelsi" kelishuv ustida faol ishlamoqda, futbolchining o'zi esa allaqachon transferga rozi bo'lgan.
Transfermarkt ekspertlari Nkunkuning narxini 80 million evroga baholashmoqda. Joriy mavsumda futbolchi 11 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



