"Chelsi" Broyaga yangi shartnoma taklif qiladi

Alisher
15 avg 2022
"Chelsi" hujumchi Armando Broya bilan tez orada yaxshilangan shartlar evaziga yangi shartnoma imzolashi mumkin.

Jurnalist Devid Orshteynning xabariga ko'ra, Broyaning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan, ammo albaniyalik unga ko'ra haftasiga 10 ming evro maosh oladi. 

U "ko'k-anorranglilar" safida eng kam maosh oladigan o'yinchilardan biridir.

Eslatib o'tamiz, Broya oldinroq "Vest Xem"ga o'tishi mumkin edi, ammo "Chelsi" albaniyalikni qo'yib yubormadi. "Bolg'a urarlar" yakunda 40 mln evro evaziga "Sassuolo"dan Janluka Skamakkani xarid qilishdi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic