"Chelsi" Batshuayini "Lids"ga taklif qilishi mumkin

Alisher
18 avg 2020
"Chelsi" rahbariyati tez orada "Lids" bilan Mishi Batshuayi borasida muzokaralarga kirishadi.

Xabarlarga ko'ra, belgiyalik futbolchining narxi 20 million evroga baholanmoqda, ammo "ko'klar" bu narxning kamayishiga rozi bo'lishlari mumkin.

Qayd etish kerakki, o'yinchini sotishni jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempard aytgan. Futbolchi asosiy tarkib uchun bo'lgan kurashda Temmi Abraxam va Olive Jirudan engilgan.

Oldinroq, "Chelsi" himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi ekanligi va "Lester" himoyachisi Ben Chiluellni o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligi aytilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Het Laatste Nieuws