"Chelsi" Azarning o'rnini bosa oluvchi futbolchini "Barselona"dan izlamoqda

Eldor Akmurzayev
1 iyun 2019
Braziliyalik Filippe Koutino "Chelsi”ning qattiq qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

Sky Sports muxbiri Janluka Di Marcioning ma'lum qilishicha, ushbu transfer londonliklarga qo'yilgan taqiq olib tashlansa yoki muzlatilsagini amalga oshadi.

"Aristokratlar”  Koutinoni jamoadan ketishi kutilayotgan Eden Azarning o'rindoshi sifatida hisoblamoqda. O'z navbatida kataloniyaliklar yarimhimoyachining transfer narxini 150 mln. evroga baholagan. 

26 yoshli futbolchi joriy mavsum ko'k-anorranglilar libosida LaLiganing 34 bahsida qatnashib, 5ta gol urishga va 2ta golli uzatmani aniq amalga oshirishga erishdi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports