"Chelsi" "Atalanta" futbolchisini 55 millionga sotib olmoqda

25 iyun 2026, 23:56
"Chelsi" Marko Palestra transferini yakunlash arafasida.

Insayder Fabricio Romano ma'lumotiga ko'ra, 21 yoshli himoyachi juma kuni Londonda "Chelsi" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Italiyalik futbolchi ingliz klubi bilan 2032 yil iyuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzolaydi. Bitimda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham ko'zda tutilgan. Yaqin kunlarda Palestra transferni rasmiylashtirish uchun Londonga yo'l oladi.

Avvalroq "Chelsi" futbolchi uchun "Atalanta"ga 55 million evrodan ortiq mablag' to'lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Palestra o'tgan mavsumni ijara asosida "Kalyari" safida o'tkazdi. U A Seriyaning o'tgan mavsumida 37 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano