"Chelsi" asosiy futbolchisi PSJga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
16 yanv 2026
"Chelsi" yarim himoyachisi Enco Fernandes jamoadan ketishi mumkin.

U Enco Mareska ketganidan keyin "Chelsi"dagi kelajagidan havotirda.

Shu boisdan holatni PSJ kuzatib bormoqda va 24 yoshli argentinalikni o'z transferlari maqsadiga qo'shgan.

"Chelsi" Enconi "Benfika"dan 121 million evroga sotib olgan va u klub tarixidagi eng qimmat xarid bo'lib turibdi.

U 3 mavsum davomida London jamoasi tarkibida 145 o'yinda 24 gol va 26 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe