

"Sky Sports" xabariga ko'ra, sud bugun 20 noyabr kuni "Chelsi"ning appelciyasini ko'rib chiqishi borasida qaror chiqargan. Shu kuni Sport Arbitraj sudida sud bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, FIFA o'tgan yili "Chelsi"ga 1 yil davomida transferlar qilishni taqiqlab qo'ygandi. Ushbu taqiqning yarmi ham o'tib ketdi. Klub qishki transferlar oynasi vaqtida futbolchilarni transfer qila olmaydi.
Shuningdek, "Chelsi" transferlarni amalga oshirishda noqonuniy xatti-harakatlarni ishlatgani uchun 500 ming evro jarimaga solingan.



