"Chelsi" Angliya terma jamoasi himoyachisini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
25 fev 2025
Londonliklar 2021 yilda klubni tark etgan tarbiyalanuvchisini ortga qaytarmoqchi.

"Aristokratlar" ustozi Enco Mareska himoyachi Gexining o'yiniga yuqori baho beradi va uni jamoa himoya chizig'ini kuchaytira oladigan, ham maydonda, ham kiyinish xonasida chinakam yetakchi sifatida ko'rmoqda. 

Transfer summasi taxminan 70 mln evroni tashkil qilishi mumkin. 

Bunday ehtimoliy transferga "Kristal Pelas"ning munosbati hozircha ma'lum emas.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal