"Chelsi" 48 million evro evaziga fransiyalik futbolchini xarid qilishi mumkin

Alisher
28 iyul 2022
"Nyukasl" xo'jayinlari ushbu transfer oynasida hujumkor yarim himoyachi Allan Sen-Maksimen bilan xayrlashishga tayyor.

"Nyukasl" ehtimoliy xaridorlarga fransiyalik vingerning narxini ma'lum qildi. Klub futbolchini 40 million funt (~48 million evro)ga baholamoqda.

Sen-Maksimen uchun "Chelsi" va "Tottenxem" davogarlik qilmoqda.

25 yoshli francuz o'tgan mavsum APL doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal