"Chelsi" 1993 yildan beri ilk bor Angliya chempionatida ketma-ket 6 ta o'yinda mag'lub bo'ldi

Aslanov Jasurbek
4 may 2026, 22:38
"Chelsi" chempionat doirasida 1993 yildan buyon ilk bor ketma-ket 6 ta bahsda imkoniyatni boy berdi.

London klubi APLda qatorasiga 6 ta o'yinda yutqazdi. Bugun "ko'klar" Angliya chempionatining 35-turi doirasida "Nottingem Forest" jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bungacha jamoa "Nyukasl" (0:1), "Everton" (0:3), MS (0:3), MYU (0:1) va "Brayton" (0:3) klublariga mag'lub bo'lgan edi.

Shu tariqa, "Chelsi" 1993 yilning noyabr oyidan beri ilk bor milliy birinchilikda ketma-ket 6 ta mag'lubiyat qayd etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Squawka