"Chelsi" va "Arsenal" "Brentford" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

3 may 2026, 10:40
Londonning "Chelsi" va "Arsenal" klublari "Brentford" hujumchisi Igor Tyagoga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda jurnalist va insayder Nikolo Skira o'zining X ijtimoiy tarmog'ida.

Joriy mavsumda forvard klub safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yin o'tkazib, 25 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

Avvalroq o'yinchiga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirgani va Brentford braziliyalik futbolchini 71 million funt (81,6 million evro) dan yuqori summa taklif qilinsa, sotishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.

Igor Tyago 2024 yil iyul oyida "Brentford"ga o'tgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha hisoblangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Igor Tyagoning bozor qiymati 50 million evro.


Manba: Sky Sports