"Chelsi" 18 yoshli xavbek Andrey Santos bilan shartnoma imzoladi. "Vasko da Gama" transferni tasdiqladi

Alisher Ostonov
6 yanv 2023
"Vasko da Gama" 18 yoshli yarim himoyachi Andrey Santosning "Chelsi"ga o'tishini tasdiqladi.

Bitim tafsilotlari ochiqlanmayapti. Oldinroq, transferning 12,5 million evro evaziga amalga oshishi xabar qilingan edi.

Santos 2022 yilda Braziliya B Seriyasi doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan, shuningdek 9ta sariq kartochka va 1ta qizil kartochka olgan.

U Braziliya U20 terma jamoasi tarkibida 4ta o'yinda 2ta gol urishga erishgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: vasco.com.br/boasorteandreysantos