Chelsi 100 mln evro turuvchi 19 yoshli futbolchiga qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
2 okt 2017
Styaua yarim himoyachisi Florinel Koman Chelsi qiziqishiga sabab bo'ldi.

London klubi texnik direktori Maykl Emenalo 19 yoshli Ruminiya yoshlar terma jamoasi a'zosini Buxarestning Dinamo klubiga qarshi o'yinda (1:0) kuzatdi.

Styaua Komanni avgust oyida Viitoruldan 2 million evroga sotib olib 2022 yilga qadar shartnoma tuzgandi.

Klub egasi Jiji Bekali futbolchi uchun tovon puini 100 mln qilib belgilangan. Bekali fikriga ko'ra Koman Kilian Mbappe bilan bir xil darajada ekan.

Bu mavsumda Koman Ruminiya chempionatining 10ta o'yinida 1ta golli pas berdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk