Qatar klubi futbolchining transferi uchun pulni firibgarlarga jo'natdi

Sherzod Nurmatov
12 avg 2024, 14:07
"Styaua" vinger Florinel Komanning "Al Garafa"ga o'tishi bilan bog'liq muammolarga duch keldi.

Buxarest klubi futbolchining Qatar jamoasiga transferi uchun 5,25 mln evro olishi kerak. Biroq "Styaua" egasi Jiji Bekalining so'zlariga ko'ra, "Al Garafa"dagilar pulni boshqa hisob raqamiga o'tkazgan.

"Ular pul berdik deyishdi, lekin aldanib Vetnamga o'tkazib yuborishgan. Men Florinel Koman uchun pul olmadim. Endi ular 6 mln to'lashlari lozim, biz FIFAga shikoyat qildik.

Biz ularga hisob ma'lumotlarini yuborgandik, bu elektron ma'lumotlar. Ular bizga hisob-faktura yuborganimizni aytishdi, lekin bazi xakerlar pochtani buzib, ularga boshqa hisob raqamini yuborishgan...

FIFAga shikoyat qildik, yana million berishsin, bu bizga ma'lum manoda yaxshi... olti millionli bo'lamiz! Ular tergov boshlanganini aytishdi. Biz pulni 31 avgustgacha olishimiz kerak. Agar bunday bo'lmasa, bizga jarima tariqasida yana million to'lashlari kerak bo'ladi", – dedi Bekali.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gsp.ro