Chaqqon PSJ sarflagan 222 millionini qaytarib ola boshladi

Omonjon To`xtamirzayev
4 avg 2017, 00:45
Bir necha daqiqa oldin Fransiyaning PSJ klubi "Barselona"ga Neymar uchun 222 million evro o'tkazib bergani ma'lum bo'lgandi.

Klub rahbarlari o'ta ishbilarmon chiqib qolishdi. Muzokaralari juda ham uzoq davom etgan bu transfer amalga oshganiga ko'p bo'lmadi. 

Shunga qaramay, Neymar familiyasi tushirilgan PSJ formasi sotuvga chiqib ulgurdi. 

Shu tariqa, Neymar hali jamoaga qo'shilib ulgurmay, klubga foyda keltira boshladi. PSJ "Barsa"ga to'lagan pullarining bir qismini mana shu kabi formalar sotuvidan qaytarib olishi turgan gap.

Mana buni biznes deyishadi. To'g'rida, 222 millionni ishlab topish kerak-ku!

 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia