⚡️ “Championat.asia” Masharipov bilan bog'landi. Futbolchi ijtimoiy tarmoqda “Al Ahli”ni kuzatishni boshladi

Eldor Akmurzayev
25 avg 2022, 18:25
Avvalroq, “Al Nassr” a'zosi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Afrika grandida davom ettirishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Misr OAV xabariga ko'ra, “Al Ahli” 28 yoshli o'zbekistonlikni 600 ming dollarga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi va to'la transfer 2 mln dollarga amalga oshadi. Masharipov yangi jamoasida yiliga 1,5 mln dollar ishlashi taxmin qilinmoqda.

“Championat.asia” sayti Jaloliddinga aloqaga chiqdi va u mazkur xarid amalga oshganini tasdiqladi. Tomonlar o'rtasida shartnoma bo'yicha oxirgi bandlarni kelishish qolgan va transfer tez orada e'lon qilinadi.

Shuningdek, vinger Instagram'dagi rasmiy akkaunti orqali “qizil iblislar” (Qoxira klubi laqabi)ning sahifalarini kuzatishni boshladi.


Jaloliddin Masharipov o'tgan mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 26 bahsda qatnashib, 5+3 natija ko'rsatdi. Futbol tarixidagi eng sovrindor klub (118 titul) hisoblangan “Al Ahli” esa Misr chempionati bu mavsumida 32 turdan keyin 67 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda. 76 ochkoga ega “Zamalek” allaqachon chempionlik masalasini hal qilib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia