CAFA turnirida ishtirok etadigan terma jamoaga bosh murabbiy tayinlandi

Sherzod Nurmatov
1 avg 2025
Hindiston terma jamoasining yangi ustozi ma'lum bo'lib ulgurdi.

Hindiston futbol federatsiyachi Ijroiya qo'mitasi Texnik qo'mita ishtirokida Holid Jamilni Hindiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlashni maqulladi.

Holid Ahmad Jamil – hindistonlik professional futbol menejeri va sobiq futbolchi. Jamil futbolchilik faoliyatining katta qismini "Maxindra Yunayted", "Eyr Indiya" va "Mumbay" jamoalarida o'tkazgan hamda Hindiston terma jamoasi safida 40 marta maydonga tushgan.

Avvalroq hindistonliklar CAFA musobaqasida Malayziya o'rnini egallagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: the-aiff.com