

Ayniqsa, "Sport TV" sharhlovchilari uchun statistik ma'lumotlarni to'plash va ularni ommaga etkazishda "CA" o'z yordamini beradi. Shu bilan birga tur oldi sharhlar va tur yakunlariga oid ko'rsatuvlardagi ma'lumotlar ham birgalikda taqdim etiladi.
Xabaringiz bor, "Sport TV" Super liga hamda PRO-Liga o'yinlarini imkon qadar jonli ko'rsatish borasida katta mehnatga qo'l urdi. 1-turning barcha o'yinlari MTRK tomonidan jonli efirda ko'rsatiladigan bo'ldi.



