"Byornli" tarkibini "Marsel" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
18 dek 2023
"Byornli" "Marsel" yarim himoyachisi Pape Guyeni sotib olmoqchi.

Inglizlar futbolchi transferi uchun 17 million evro taklif qilishga tayyorlar.

Ma'lumotlarga qaraganda, "Byornli" ustozi Vensan Kompani xavbekni bu transferga rozi bo'lishga ko'ndirishi oson bo'lmaydi, sababi "Byornli" APLda 19-pog'onani egallab turibdi .

"Olimpik" shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan futbolchisini sotishga tayyor. Tomonlar amaldagi kelishuv muddatini uzaytirishni reja qilishmayapti.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tribalfootball.com