“Buxoro”ning safardagi g'alabasiz seriyasi 20ta o'yinga etdi

Narzulla Saydullayev
11 avg 2015, 11:16
“Buxoro” klubi oliy liganing 17-turini Samarqandda “Dinamo”ga qarshi o'tkazib 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

Jamoa safardagi o'yinlarda omadsiz ishtirok etishda davom etadi. Buxoroliklar bu mavsumdagi 9ta o'yinda umuman g'alaba qozona olishmadi (1 durang va 8 mag'lubiyat). “Buxoro” 2014 yilgi mavsumda faqat bir marta safardan uch ochko bilan qaytgan edi. 2014 yilning 12 aprelda “So'g'diyona” taslim qilingandi. Shundan so'ng bo'lib o'tgan 11ta uchrashuvda buxoroliklar safarda umuman g'olib bo'la olishmagandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia