"Buxoro" ko'rigida moldaviyalik legioner

Narzulla Saydullayev
5 fev 2014
Kecha "Buxoro" jamoasi yig'iniga tajribali yarim himoyachi Andrey Akopyanc kelib qo'shilgani hakida ma'lumot berib o'tdik.
Hozirgi kunga kelib jamoa ixtiyorida ikkita legioner bor: Vuyovich hamda Kvesieshvili. Lekin, jamoa legionerlar limitidan to'liq foydalanish niyatida ekanligi hammaga ma'lum.

Bugundan boshlab jamoa yig'iniga moldaviyalik yarim himoyachi Vitaliy Plemedyale kelib ko'shildi. Ushbu yarim himoyachi Moldaviyaning ancha nomdor va kuchli klublarida to'p surib kelgan. Jumladan o'tgan mavsumni Kishinyovning "Zimbru" klubida to'p surgan. Bu jamoa Moldaviyaning sakkiz karra chempioni va bir qancha sovrinlarni ko'lga kiritgan.
Bu yilgi mavsumni Vitaliy Moldaviyaning "Rapid" jamoasida boshlagan edi.

O'ylaymiz-ki, ushbu legioner mahalliy futbolchilardan bir bosh ustun bo'lib, chempionatimiz saviyasini oshirishga o'z hissasini qo'sha oladi.

Ismi: Vitaliy Plemedyale
Tug'ilgan sanasi: 1985 yil,21 yanvar
Buyi: 175sm
Vazni: 70kg
Ampluasi: Yarim himoyachi
Fuqkaroligi: Moldaviya

Agar Plemedyalening harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelsa, u jamoada qoladi.

Bundan tashqari, "Buxoro" tarkibiga yana bir legioner kelib ko'shilishi kutilmokda. Ushbu futbolchi Turkmaniston terma jamoasining darvozaboni sanaladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfkbuxoro.uz