Buskets va Inesta "Atletiko"ga qarshi o'yinda "Barselona"ga yordam beradi
Tolibjon Qosimov
7 fev 2017
"Barselona" yarim himoyachilari Serxio Buskets va Andres Inestalar umumiy guruhga qaytishdi.
Bu haqda "Sport" nashri xabar berdi. Har ikki futbolchi Ispaniya kubogi yarim final javob uchrashuvida kataloniyaliklarga yordam beradi. Buskets bahsni asosiy tarkibda boshlashi mumkin, Inesta esa zaxiradan maydonga tushishi kutilmoqda.