Buskets MLS klublaridan taklif oldi. Futbolchi ularni bir yildan so'ng ko'rishga tayyor

Alisher
3 may 2022
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets turli MLS klublaridan bir nechta taklif oldi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, futbolchi ularga rad javobini bergan. U ushbu masalaga bir yildan so'ng qaytadi.

Busketsning "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

33 yoshli xavbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 48ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano