Buskets "Barselona"da qolishni istaydi

Mirjalol Normatov
9 fev 2023
"Barselona" sardori Serxio Buskets navbatdagi mavsumda ham jamoasi sharafini himoya qilishni istaydi.

Oldinroq Osiyo matbuoti tomonidan 34 yoshli futbolchi ushbu mavsumdan keyin "Barselona"dan ketishni istayotganini, unga "Al Nasr" tomonidan taklif borligini ma'lum qilgandi. Undan tashqari, "Inter Mayami" ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Biroq "Barselona" futbolchi bilan shartnoma uzaytirish ishlarini boshlamagan. Agarda shunday bo'lsa, futbolchi ushbu mavsum yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida jamoadan ketadi.

Ushbu mavsumda Buskets "ko'k-anorranglilar" tarkibida 27 o'yinda qatnashdi va bir golga pas berdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal