Buskets "Al Nassr"ning 20 million evrolik taklifini rad qildi

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2023, 11:44
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets "Al Nassr" taklifidan bosh tortdi.

"Catalunya Radio" xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi 34 yoshli ispaniyalik futbolchiga yiliga 20 million evro to'lashga tayyor edi.

Yarim himoyachining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Buskets joriy mavsum barcha musobaqalarda 21 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u 7 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Catalunya Radio