

"Biz Ispaniya termasining hozirgi holatidan kelib chiqib, o'yin ko'rsatdik. Ayrim sabablarga ko'ra, ularga qarshi o'yinlarda o'zimizning o'yinimizni ko'rsata olmasdik. Shu sababli himoyaga katta e'tibor berib, mustahkamroq bo'ldik. Ispanlar esa bunga tayyor bo'lmagan", - dedi posbon.
Kechagi g'alabadan keyin Ukraina termasi turnir jadvalida Germaniyani ortda qoldirdi. Guruhda 7 ochko jamg'argan Ispaniya termasi yetakchilik qilmoqda. 2 ochkosi bor Shveytsariya esa so'nggi pog'onani band qilgan.



