“Bunyodkor”ning sobiq ustozi Avstraliya termasini boshqarishi mumkin

Yurtimiz futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo'lgan mutaxaassis, Portugaliya va Braziliya termalarining sobiq ustozi Luis Felipe Skolari Avstraliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimi  22 noyabrdan buyon bo'sh qolmoqda. Skolarining so'nggi ish joyi Xitoyning “Guanjou Evergrand” klubi edi.

“Yashil qita” vakillari mendan Jahon chempionati vaqtida jamoani boshqarish taklifi bilan chiqishdi. Men JCHda shunchaki ishtirok etmoqchi emasman. Men bir yoki ikki yillik aniq rejaga ega bo'lgan jamoani boshqarish niyatidaman. Albatta ularning taklifi ham qiziqarli”, deya Skolarining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Reuters.

Avstraliya terma jamoasi JCH-2018ning “S” guruhida Fransiya, Daniya va Peru termasi bilan kuch sinashadi.


Manba: Reuters