"Bunyodkor"ga bronza medallarini taqdim etgan to'qnashuvdan GALEREYA

Tolibjon Qosimov
30 noya 2019
Bugun Coca Cola Superligasi 26-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

So'nggi turning markaziy o'yini Toshkentda bo'lib o'tdi. Chempionatning bronza medallari hamda OCHL yo'llanmasi uchun "Bunyodkor" va "So'g'diyona" jamoalari o'zaro bellashishdi. Avvaliga, Abramov boshchiligidagi "qaldirg'ochlar" ikkita to'p kiritishdi va bahs taqdiri hal bo'lgandek ko'ringandi. Ammo, jizzaxliklar qo'lni ko'tarishni xohlashmadi va muxlislarga ajoyib o'yin namoyish etib berishdi. Baqoev shogirdlarining ikkita goli (bittasi avtogol) mehmonlarning bronza olishlari uchun kamlik qildi. "Bunyodkor" stadionida o'tgan hissiyotlarga boy uchrashuvdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Coca Cola Superligasi. "Bunyodkor" bronza medali sohibi. Xayr, "Dinamo"

Foto: Tolibjon Qosimov


"Bunyodkor" stadionida o'tgan hissiyotlarga boy uchrashuvdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia