"Bunyodkor"da ishlagan murabbiy "Real"ni boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2018
"Real" Zinedin Zidan o'rniga yangi bosh murabbiy izlash ishlarini davom ettirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar"ni boshqarishi mumkin bo'lgan navbatdagi davogar "Bunyodkor" va Braziliya terma jamoasi sobiq ustozi Luis Felipe Skolari.

Oldinroq, matbuotda "Real"ga Antonio Konte, Fernando Yerro, Yurgen Klopp kelishi haqida e'lon qilingan edi. Nomzodlar safiga kiritilgan Maurisio Pochettino va Massimiliano Allegri esa taklifni rad etdi.

Skolari 2009-2010 yillarda "Bunyodkor" bosh murabbiyi sifatida ishlagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS