

Bu haqda championat.asia Xo'jand klubi rasmiy saytiga tayanib xabar berdi.
Ma'lumot uchun, 31 yoshli Ergashev 2019 yilda Tojikiston chempionatining eng yaxshi himoyachisi deb topilgan. Bugun himoyachi Bunyodkor safida maydonga tushishga ham ulgurdi.
Futbolchi shu vaqtga qatar Xo'jand, Regar-TadAZ, Istiqlol, Jetisu, Taraz (ikkisi - Qozog'iston) va Gabala (Ozarbayjon) kabi klublar sharafini himoya qilgan. Ergashev 2008 yildan buyon Tojikiston terma jamoasida o'ynab kelmoqda. Hozirga qadar milliy terma jamoa libosida 50 martadan ko'proq maydonga tushgan.





