2017 yilda loyihaning ishtirokchi mamlakatlar soni 32 tadan 64 tagacha, yani, ikki barobar ko'paydi. O'zbekiston ham ishtirokchi mamlakatlar qatoridan joy olgan. Qur'a natijasiga ko'ra, O'zbekiston sharafini “Yashil do'stlik” jamoasida darvozabon himoya qiladi.
Musobaqa qoidalariga ko'ra, futbolchi (darvozabon) 10–12 yoshda bo'lishi, 2 yillik futbolchilik tajribasiga ega bo'lib, ingliz tilini bilishi va boshqalar bilan chiqishimli bo'lishi kerak. Shu maqsadda, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi mamlakatdagi futbol klublarning yosh darvozabonlari orasida 19 aprel kuni tanlov o'tkazdi. Bir necha bosqichdan iborat tanlovda mamlakatning qator klublari orasida “Lokomotiv” tarbiyalanuvichisi, 12 yoshli Ilyos Ahmedov g'olib bo'ldi.
Ertaga, 4 may kuni “Futbol do'stlik uchun” tashkiliy qo'mitasining ishchi guruhi Toshkentga tashrif buyuradi. 5 may kuni esa “Bunyodkor” stadionining anjumatlar zalida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Unda loyiha vakillari, O'FF texnik direktori Shavkat Imomov va bo'lajak loyihada ishtirok etadigan Ilyos Ahmedov qatnashadi.
5 may kuni soat 10:30 da boshlanadigan matbuot anjumaniga barcha OAV vakillari taklif etiladi.