"Bunyodkor" sobiq bosh murabbiyi "Vest Bromvich"ni boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
6 apr 2018, 15:07
Braziliya terma jamoasi va "Bunyodkor", "Chelsi" hamda "Guanjou Evergrand" sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari "Vest Bromvich"ni boshqarishi mumkin.

69 yoshli Skolari APLni tark etadigan "Vest Bromvich" bilan Chempionshipda ishlashga tayyor.

"Menga Premer-liga juda yoqadi, ushbu chempionatni doimo kuzatib boraman. Kelasi yil shu yerda ishlasam kerak. Uzr so'rayman, Premer-liga emas, ikkinchi divizion bo'lishi mumkin. Menda taklif bor va mendan nimani istashayotganliklarini tushunib olishim lozim. Oilamdagilarga quyidagi so'zlarni aytdim: "Braziliyada uch oy - yanvar, fevral, mart, aprelda chet elga ketaman".

Menda Angliya ikkinchi divizionidan aniq taklif bor. Hozir ular APLda, ammo jamoa chempionatdan chiqib ketsa kerak. Agar ularning loyihasi ikki yilga mo'ljallangan bo'lsa, kkinchi divizionda ishlashga tayyorman. Rozi bo'lsam kerak" - deydi Skolari.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Omnisport