Bunyodkor Qarag'andaning Shaxtyor klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
9 noya 2013
Qarag'andaning Shaxtyor klubi O'zbekiston chempioni Bunyodkor klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Bu haqda bugun Qarag'anda klubi bosh murabbiyi Viktor Kumikov aytib o'tdi, deb xabar bermoqda sports.kz nashri.

- Hozir O'zbekistonning Bunyodkor klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi borasida muzokara o'tkazayapmiz. Uchrashuv 22 noyabr kuni bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Ertaga Shaxtyor Qozog'iston kubogi finalida Tarazga qarshi o'ynaydi. 

Qozog'istonda mavsum tugadi, Shaxtyor esa dekabr oyiga qadar Yevropa ligasi guruh bosqichida o'yinlar o'tkazadi.

28 noyabr kuni Kumikov shogirdlari o'z maydonlarida PAOKni qabul qilishsa, 12 dekabr kuni safarda "Makkabi" bilan kuch sinashishadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia