

Mamlakat kubogining to'rt karra sohiblari oliy liganing yangi vakili – “Obod” klubi bilan kuch sinashishadi.
Shanba oqshomiga belgilangan “Obod” – “Bunyodkor” uchrashuvi “Jar” stadionida soat 16:00da boshlanadi. Stadionga kirish bepul.
O'zPFL uchrashuvni boshqarib borish uchun quyidagi hakamlar guruhini tayinladi: N.Kosimov (Qarshi), V.Lushin (Guliston), S.Hakimov (Samarqand), A.Shukurullaev (Toshkent). Uchrashuv nazoratchisi: F.Abdullaev (Toshkent).
Bu ikki jamoa bungacha ham kubok bahslari doirasida ikki bor to'qnash kelishgan. O'tgan yilgi turnirning aynan shu bosqichi doirasida kechgan qarama-qarshiliklarda “Bunyodkor” ikki uchrashuv natijasiga ko'ra chorak finalga yo'llanma olgandi (1:0 va 1:1). “Qaldirg'ochlar”ning har ikkala goliga bosniyalik legioner Samir Bekrich mualliflik qilgandi.
E'tiboringizga “Bunyodkor” va “Obod” jamoalari o'rtasida kechgan avvalgi uchrashuvlar videosharhini havola qilamiz.



