

Pro liga vakili "Mashal" raqiblik qilgan uchrashuvda mezbonlarning qo'li baland keldi. "Bunyodkor"ning gollariga Temurxo'ja Abduxoliqov va Frane Chiryak mualliflik qildi. Ma'lumot uchun, "Bunyodkor" Superliganing 1-turini 2-mart kuni o'z maydonida "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi.
"Bunyodkor" - "Mashal" 2:1
Gollar: Frane Chiryak, Temurxo'ja Abduxoliqov
"Bunyodkor": Marin Lyubich, Najmiddin Normurodov, Momchilo Raso, Mahmud Mahamadjonov, Muzaffar Olimjonov, Frane Chiryak, Toni Yovich, Samir Jelkovich, Azizbek To'lqinbekov, Mirjahon Mirahmadov, Temurxo'ja Abduxoliqov
Zaxiradan tushganlar: Amir To'raqulov, Ollabergan Karimov, Bilol Tupliev, Farhod O'tkirov, Rustamxon Azimov, Rasul Yo'ldoshev



