Bunyodkor FK prezidenti Ulug'bek Ashurovni tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz

Alisher
22 avg 2019, 18:27
Bugun O'zbekneftgaz akciyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya ishlari bo'yicha o'rinbosari, Bunyodkor futbol klubi prezidenti Ulug'bek Murodilloevich Ashurovning tug'ilgan kuni.

Bunday quvonchli kunda Bunyodkor futbol klubining butun kollektivi – rahbariyat, murabbiylar, futbolchilar, xodimlar hamda jonkuyar muxlislarimiz Ulug'bek Murodilloevichni tavallud ayyomi bilan chin yurakdan tabriklaydilar va qutlaydilar!

Hurmatli Ulug'bek Murodilloevich! Fursatdan foydalanib, Sizga uzoq umr, tan-sihatlik, mamlakatimiz ravnaqi yo'lida olib borayotgan tinimsiz mehnatlaringizga baraka, oilangizga ko'tarinkilik tilab qolamiz! O'zbek futboli, jumladan, Bunyodkor futbol klubi rivoji uchun amalga oshirayotgan g'amxo'rlik hamda munosib e'tiboringiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz!


AlisherMuallif
Manba: fcbunyodkor.com